Qo'shni respublikada Tik Tok bloklab qo'yildi. Madaniyat vazirligining ma'lum qilishicha, bunga «TikTok ijtimoiy tarmog'ining bolalar aqliy rivojlanishi va sog'lig'iga salbiy ta'siri haqidagi xavotirlar» sabab bo'lgan.
«Ko'plab murojaatlarni inobatga olgan holda va o'tkazilgan monitoring asosida Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi Qirg'iziston respublikasi hududida TikTok servisini to'xtatishga qaror qildi», — deyiladi xabarida.