Qirgʻizistonda TikTokni taqiqlash taklif qilindi

    Jogorku Kenesh deputati Janibek Kidikbayev Qirgʻizistonda TikTok ijtimoiy tarmogʻini taqiqlashni taklif qildi.

    Uning soʻzlariga koʻra, ushbu ijtimoiy tarmoq bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

    “TikTokda narkotiklar, aroqni reklama qilishmoqda, oʻz tanalarini koʻrsatishyapti. Qirgʻiz mentalitetiga toʻgʻri kelmaydigan narsalar namoyish qilinyapti. Balki uni yopish kerakdir?” — dedi u.