Transport vazirligining xabar berishicha, marosimda, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston“ temir yoʻl qurilishi doirasida 10 km.dan uzun boʻlgan 3 ta tunnel, jumladan:
1-son Norin (Djaman-Davan) tunneli uzunligi – 12,5 km;
Qoʻshtoʻba (Kazarman) tunneli uzunligi – 13,2 km;
Fargʻona togʻ tunneli uzunligi – 12,2 km qurilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston“ temir yoʻli qurilishiga “start“ berish marosimini 2024-yil 27-dekabr kuni Jalolobod shahrida boʻlib oʻtgan edi. Mazkur temir yoʻl loyihasining umumiy uzunligi – 532,53 km.