Yer silkinishi oʻchogʻi 7 km chuqurlikda joylashgan boʻlib, episentri Toshkentdan 215 km janubi-sharqda qayd etildi.

Zilzila Oʻzbekiston hududida ham sezilib, Soʻx tumanida 2 ball (22 km), Rishton tumanida ham 2 ball (28 km) kuch bilan qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, bugun soat 15:17 da ham zilzila qayd etilgan edi. Yer silkinishi oʻchogʻi 5 km chuqurlikda joylashgan boʻlib, episentri Toshkentdan 214 km janubi-sharqda.

Zilzila Oʻzbekiston hududida ham sezilib, Soʻx tumanida 2 ball kuch bilan qayd etilgandi.