Bugun Toshkent vaqti bilan 08:24 da (15.02.2023-yil, Grinvich boʻyicha 03:24 da) Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 40,3 gradus shimoliy kenglik; 72,82 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik 20 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 322 km janubiy-sharqda.