Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabrar bermoqda.
Mazkur Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.Y. boshqa bir fuqaro M.ga oʻzini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, uning Qirgʻiziston Respublikasi, Jalolobod shahrida joylashgan “Zamanbap El Aralik” universitetidagi oʻqishini Samarqand davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan.