DXX tarqatgan maʼlumotga koʻra, Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro qirgʻizistonlik shaxsdan aylanma yoʻllar orqali mamlakatimizga yashirincha olib kirilgan zargarlik buyumlarini qabul qilib olgan.
Ushbu buyumlarni moddiy manfaat evaziga Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi shaxsga yetkazib bermoqchi boʻlgan vaqtda ular qoʻlga olindi.
Tilladan yasalgan zargarlik buyumlarining umumiy ogʻirligi 5 kg 706 grammni tashkil qilib, dastlabki baholarga koʻra qiymati 5 mlrd 746 mln soʻmga teng.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.