Tibbiy asbob uskunalar va himoya vositalaridan iborat yukni topshirish marosimi O'sh shahrida bo'lib o'tdi.

1000 tonna un, 60 tonna gipoxlorid, 2500 ta respirator, 2500 ta himoya kostyumlari, 5000 juft bir martali qo'lqop, 5000 ta tibbiy niqobdan iborat gumanitar yordam qirg'iz xalqiga etkazildi.

Pandemiya davrida O'zbekiston Qirg'izistonga ikkinchi marotaba gumanitar yordam ko'rsatmoqda. Birinchi yuk aprel oyining boshlarida yuborilgan. Bir oy o'tgach, Qirg'iziston Respublikasi Sardoba suv ombori talofotidan so'ng, O'zbekistonga tsement va oziq-ovqat borasida yordam ko'rsatgandi.