Qirg‘izistonlik egizaklar – Fotima va Zuhraga uyiga ruxsat berildi

    O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor o‘zbek shifokorlari tomonidan siam egizaklari o‘ta noyob operatsiya natijasida ajratib olingani haqida xabar berilgan edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining yozishicha, kuni kecha qirg‘izistonlik ona hamda uning egizaklari Fotima va Zuhraga Respublika perinatal markazidan uyiga ruxsat berilgan.

    "Muassasa jamoasi ularni tantanali ravishda kuzatib qo‘yishdi", deyiladi xabarda.