“Shu bilan birga, vazirlik Eronga sayohat qilmaslikni tavsiya qiladi. Favqulodda holatlarda yoki konsullik va huquqiy yordamga ehtiyoj sezilganda, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamentining ishonch telefoniga va Qirg‘iziston Respublikasining Eronga qo‘shni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qiling”, deyiladi relizda.

Erondagi Qirg‘iziston fuqarolaridan hushyorlikni oshirish, xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, gavjum joylar va xavfli hududlardan qochish hamda mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi, deb xabar berdi report.az.