Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston Oliy sudi unga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qilib, jinoyat ishini yangi sud muhokamasiga joʻnatgan edi, deb xabar beradi AKIpress.
Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi ham Atambayevga davolanish zarurati tufayli mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.
Atambayev 2011-yildan 2017-yilgacha prezidentlik qilgan. 2019-yilning yozida u immunitetidan mahrum qilingan. Siyosatchiga nisbatan 2019-yilning 7-8-avgust kunlari Qoʻy-Tosh qishlogʻida sodir boʻlgan tartibsizliklar, shuningdek, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bilan bogʻliq bir necha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
2020-yil 23-iyun kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Atambayevni 2013-yilda kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi ishi boʻyicha mol-mulkini musodara qilish bilan 11 yil ikki oyga ozodlikdan mahrum qilgandi, deyiladi gazeta.ru saytida.