Toshkent shahrida Qirgʻiziston elchixonasining yangi binosi ochildi

    Ikki mamlakat Bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirgʻiziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

    Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qirgʻizistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Ikki mamlakat Bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirgʻiziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

    Shuningdek, Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdilar. Elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdilar.