Qirol Charlz III surati tushirilgan banknotalar 5, 10, 20 va 50 funt sterling banknotalarida zarb etiladi va 2024-yilning oʻrtalaridan boshlab muomalaga kiritiladi.
Qirolicha Yelizaveta II ning surati tushirilgan kupyuralar yangi kupyuralar bilan birga mamlakatda birday qabul qilinaveradi.
Qirolicha Yelizaveta II 1960-yildan boshlab Angliya bankining muomaladagi banknotlarida paydo boʻlgan birinchi va yagona monarx edi. Buyuk Britaniya tarkibidagi davlatlar Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya banklari tomonidan chiqarilgan banknotlarda monarx tasviri tushirilmagan.
Ayni paytda, Angliyada muomalada 80 milliard funt sterlingga teng boʻlgan 4,5 milliardga yaqin banknotalar mavjud.