Qishda nega vazn oshadi?

    Endokrinolog, diyetolog Olga Chuxachevaning aytishicha, bu ikkita omil bilan bog'liq.

    Birinchisi, harakatning kamayishi. Havo harorati pasayishi bilan faollik kamayadi. Kam aylanamiz, kam piyoda yuramiz.

    Odatiy kaloriyadagi yoki undan ko'proq miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish tana vazning ortishiga olib keladi. Gap shundaki, ovqatlanish ko'rsatkichi avvalgiday bo'lsa-yu, harakat kam bo'lsa, tabiiyki vazn oshadi. Chunki iliq kunlardagiga qaraganda jismoniy faollik pasayadi. Oqibatda o'z-o'zidan vazn ortadi.