Shuningdek, vagonlar soni ham oshiriladi.
Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qoʻshimcha qatnovlar:
- “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yoʻnalishida 2025-yilning 26 31-dekabr kunlari hamda 2026-yil 4-yanvar kuni “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovlari tashkil etiladi. Jami 14 ta qoʻshimcha reys amalga oshiriladi.
- “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yoʻnalishida 2025-yilning 26 31-dekabr kunlari “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qoʻshimcha 4 ta reysi bajariladi.
- “Toshkent – Xiva – Toshkent” yoʻnalishida 2026-yil 12-yanvarga qadar qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur yoʻnalishda jami 12 ta qoʻshimcha reys amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha vagonlar:
- “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Qoʻngʻirot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent” va “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq poyezdi) yoʻnalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 2026-yil 12-yanvarga qadar har kuni 4 tadan qoʻshimcha vagonlar qoʻshiladi.