Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan Bojxona qoʻmitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
2026-yildan QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlarga BHMning 150 baravarigacha maʼmuriy jarima qoʻllanadi.








