Aerosuratlar asosida qishloq yerlarini monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

    Hukumat 21 Noyabr 2023 1287

    Kadastr agentligiga tuman va shahar hokimlari bilan birga yil yakunigacha aerosuratga olish ishlarini Toshkent shahri, Toshkent va vodiy viloyatlarida, kelgusi yili esa qolgan hududlarda toʻliq yakuniga yetkazish topshirildi.

    Oxirgi uch yilda sohani raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrdan oʻtkazildi.

    Endi qolgan muammoli yerlarni ham toʻliq kadastr roʻyxatidan oʻtkazish shartligi koʻrsatib oʻtildi.

    Qishloq xoʻjaligi yerlarida aerosuratga oladigan zamonaviy samolyot va laboratoriyalar olib berildi.

    Kadastr agentligiga tuman va shahar hokimlari bilan birga yil yakunigacha aerosuratga olish ishlarini Toshkent shahri, Toshkent va vodiy viloyatlarida, kelgusi yili esa qolgan hududlarda toʻliq yakuniga yetkazish topshirildi.

    Aerosuratlar asosida qishloq yerlarini monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.