Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi 104-son qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish qishloq xoʻjaligi faoliyatining quyidagi asosiy koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
- qishloq xoʻjaligi obyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari;
- mehnat resurslari va ularning demografik xususiyatlari;
- yer resurslari va ulardan foydalanish holati;
- qishloq xoʻjaligi ekinlarining maydoni;
- issiqxonalar maydoni va boshqalar.
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik taʼminoti va maʼlumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Sinov 2022-yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida amalga oshiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1.Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
2. Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
3. Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
4. respondentlarning qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini yigʻishda foydalaniladigan savollar roʻyxatini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish dasturi;
5. Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari roʻyxati.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 20.04.2022-yildan kuchga kirdi.