Unda qishloq xoʻjaligi tarmogʻini rivojlantirishda ilm-fanning oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish, qishloq xoʻjaligi ilm-fanining barcha jabhalarida yosh olimlarning faol ishtirokini taʼminlash hamda ular oʻrtasida oʻzaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, yosh olimlarning zamonaviy yutuqlarini taqdim etib borish maqsad qilingan.

- qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi sohasidagi ilmiy, ilmiy metodik, nazariy muammolar yechimlarini muhokama qilish;

- qishloq xoʻjaligi ekinlarini paravarishlashning intensiv, resurstejamkor, tuproq unumdorligini oshiriga qaratilgan agrotexnologiyalarni yaratish, takomilalashtirish borasidagi muammolar yechimlari bilan tanishish;

- qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi, urugʻshunosligi, mevali va manzarali daraxtlar koʻchatchiligi sohasidagi muammolar yechimlarini oʻrganish;

- qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, mexanizatsiya vositalaridan foydalanishning samarali usullarini takomillashtirish;

- qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoyalash tizimini, vositalari va usullarini yaratish hamda takomillashtirish;

- qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti, mehnat unumdorligini oshirish, zamonaviy xoʻjalik yuritish shakllarini rivojlantirish, kooperatsiya munosabatlarini takomillashtirish, agrosanoat integratsiyasi borasidagi muammolar yechimlari yuzasidan ilmiy maruzalar muhokamalarini tashkil etish.

- qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini keng targʻibot qilish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, tajriba almashish ishlarini kengaytirish choralarini koʻrish kabi masalalar konferensiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Konferensiyada 8 ta shoʻba ish olib borib, “Gʻoʻza va texnik ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va agrotexnologiyasi” shoʻbasida gʻoʻza va texnik ekinlarni parvarishlash agrotenologiyalari hamda seleksiyasi va urugʻchiligi;

“Don-dukkakli hamda sholi va moyli ekinlar seleksiyasi urugʻchiligi va agrotexnologiyasi” shoʻbasida don-dukkakli hamda sholi va moyli ekinlarini parvarishlash agrotenologiyalari, seleksiyasi va urugʻchiligi;

“Sabzavot poliz va kartoshka, meva va uzum, oʻrmon dorivor ekinlari seleksiyasi urugʻchiligi hamda agrotexnikasi” shoʻbasida sabzavot poliz va kartoshka, meva va uzum, oʻrmon dorivor ekinlarini parvarishlash agrotenologiyalari, seleksiyasi va urugʻchiligi;

“Tuproq unumdorligi va uni oshirish, irrigatsiya va melioratsiya, suv xoʻjaligi va tuproq eroziyasiga qarshi kurash” shoʻbasida toʻproq xossalarini tatqiq etish, tuproq unumdorligini oshirish, irrigatsiya va eroziya masalalari;

“Oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish” shoʻbasida texnik, dukkakli, sabzavot ekinlari va mevali daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.