Qishloq xo'jaligida "aqlli suv" nasos stantsiyalarini qo'llash rejalashtirilmoqda

    O'zbekirston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh energiyasi xalqaro instituti” MCHJ va Janubiy Koreyaning “Association of Kerea Energy 4.0” assotsiatsiyasi hamda “Jeongin System Co., Ltd.” kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyorlangan “O'zbekiston qishloq xo'jaligida Quyosh fotoelektrik texnologiyalarini qo'llagan holda aqlli suv nasos stantsiyalarini ishlab chiqish” texnik-iqtisodiy asoslash bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

    Koreyalik hamkorlar o'zlarining tashkilotlarida olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlar va O'zbekistonda “4-sanoat revolyutsiyasi” texnologiyalarini qo'llagan holda suv nasos stantsiyalarini yaratish bo'yicha takliflari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida o'zaro hamkorlik to'g'risida Kelishuv imzolandi.

    Loyiha doirasida bir qator viloyatlarda kichik, o'rta va katta quvvatga ega quyosh texnologiyalari asosida pilot suv nasos stantsiyalarini ishlab chiqish, o'rnatish va monitoring qilish amalga oshiriladi. Loyiha bajarilishi natijasida Quyosh texnologiyalari asosida zamonaviy suv nasos stantsiyalarini qishloq xo'jalik obektlarida samarali va keng miqyosda qo'llash bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.