Oʻzbekiston iqtisodiyotining globallashuvini hisobga olgan holda 2017-yilda boshlangan hukumatning keng koʻlamli islohotlari Markaziy Osiyoning ushbu davlatiga xorijiy kapitalni jalb qilishni ragʻbatlantirmoqda, deb xabar beradi euronews.com.

“Odamlarda bu islohotlar haqiqatmi yoki shunchaki soʻzmi, degan savol tugʻiladi. Besh yildan buyon shu yerda ekanman, amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqatan ham real ekanini tasdiqlay olaman, ular bilan sohada infratuzilma, shart-sharoit yaratilmoqda.

Potensial mahalliy tabiiy resurslar va mehnat bozori (bu yerda aholining 60 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir) imkoniyatlaridan foydalanish uchun chet el kapitalining kirib kelishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda”, — deydi Silverleafe qoʻshma korxonasi bosh direktori Den Patterson.