Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, jumladan, ushbu sohadagi qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish jarayoniga ilgʻor Koreya tajribasini jalb etish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston transport infratuzilmasini yaxshilash uchun aqlli texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish istiqbollari muhokama etildi.
Muzokaralar yakunida oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish yoʻnalishlari va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar aks etgan Hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.