Qayd etilishicha, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat koʻrsatish sohasini yanada yaxshilish maqsadida 2021-yil 8-oktyabrda “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 630-son Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-2022-yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʻlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yoʻnalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

Tashuvchilarga norentabel yoʻnalishlar boʻyicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.