Bugun poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlanadi. Unda 25 mamlakatning eng kuchli qilichbozlari qatnashmoqda.

Taʼkidlash lozimki, keyingi yillarda yurtimizda sportning bu turiga qiziqish kuchaydi. Shu bois qilichbozlarimiz ham koʻplab xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib kelyapti. Toshkentda oʻtadigan chempionatda ham qilichbozlarimiz oʻzlarini koʻrsatishiga ishonamiz.

Chempionat 4-martiga qadar davom etadi.