Mazkur bahs va umuman, butun chempionat favoritlaridan biri sanalayotgan Germaniya terma jamoasi kunchiqar yurt vakillariga imkoniyatni boy berdi. Ushbu oʻyin ssenariysi ham osiyoliklarning birinchi sensatsion natija qayd etilgan oʻyini bilan deyarli oʻxshash boʻldi, avval favorit jamao hisobni ochib oldinga chiqib olgan boʻlsa, keyin qatʼadoshlarimiz kambek koʻrsatib, gʻalabani ilib ketishdi.
Germaniya – Yaponiya 1:2
Gollar: 1:0 – 33, Gyundogan penalti, 1:1 – 75 Doan, 1:2 – 83 Asano.
Germaniya – Noyer, Zyule, Ryudiger, Shlotterbek, Raum, Gyundogan (Goretska, 67), Kimmix, Xaverts (Fyullkrug, 79), Myuller (Xofmann, 67), Gnabri (Mukoko, 90), Musiala (Getse, 79).
Yaponiya – Gonda, Sakai (Minamino, 74), Yosida, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 57), Endo, Kamada, Kubo (Tomiyasu, 46), Tanaka (Doan, 71), Ito, Maeda (Asano, 57).
Kecha oʻtkazilgan boshqa oʻyinlarda esa bu kabi sensatsiyalar kuzatilmadi. Jumladan, ispaniyaliklar Kosta-Rika bilan kechgan bahsda mingdan ortiq aniq pas uzatish orqali yirik – 7:0 hisobida zafar quchganini inobatga olmasak, qolgan oʻyinlarda minimal hisoblar qayd etildi. Xususan, Marokash – Xorvatiya uchrashuvida nursiz durangga imzo chekilgan boʻlsa, belgiyaliklar kanadalik raqiblaridan 1:0 hisobida ustun kelishdi.
Eslatib oʻtamiz, bugun, 24-noyabr kuni Qatardagi mundialning 1-tur bahslari yakuniga yetadi. Kun davomida 4 ta bahs boʻlib oʻtadi va ularda quyidagi jamoalar oʻzaro kuch sinashadi:
24-noyabr, payshanba
15:00, Shveysariya – Kamerun,
18:00, Urugvay – J.Koreya,
21:00, Portugaliya – Gana,
23:59, Braziliya – Serbiya.