Mazkur fuqarolarning muammolari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chora-tadbirlari va Xalqaro migratsiya tashkilotining moliyaviy koʻmagida ijobiy hal etildi.
Xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti masʼul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi.