Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 9 nafari 17-18-dekabr kunlari Sankt-Peterburg hamda Moskva shaharlaridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Taʼkidlash joiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi.
Shuni eʼtirof etish joizki, qiyin ahvolga tushib qolgan bemor fuqarolarimizga “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan samolyot bortida maxsus shart-sharoitlar yaratib berildi.