Qiyin ahvolda qolgan o'zbekistonlik ayol Vatanga qaytarildi

    Fuqaro G.K. 2020-yilning mart oyida Sankt-Peterburg shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan.

    Bu Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy manbasidagi xabarda keltirildi.

    Bildirilishicha, ayol farzandi bilan moliyaviy qiyin ahvolga tushib qoladi va agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga yordam so'rab murojaat qiladi.

    Fuqaroga aviachipta olishda yordam ko'rsatilib, 4-iyul kuni Sankt-Peterburg—Toshkent yo'nalishidagi aviareys orqali O'zbekistonga qaytarildi.