Xitoy davlatidan poytaxtdagi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan tibbiy jihozlarning faktura qiymati hujjatlarga koʻra 5,4 ming AQSh dollari, netto vazni esa 132,5 kg deb koʻrsatilgan. Aslida esa boshqacha boʻlib chiqdi.
Xususan, bojxona xodimlari tomonidan ushbu yuklar bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida hujjatlarda tovarlar haqida taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlandi. Yaʼni, deklaratsiyada jami 5 400 dona deb koʻrsatilgan stomatologik buyumlar aslida 82 500 dona ekanligi maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari, yuklar orasida hujjatlarda umuman qayd etilmagan qoʻshimcha ravishda 30 ta komplekt stomatologik jihozlar mavjudligi ham aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan tibbiy jihozlarning dastlabki qiymati 1 mlrd. 40 mln. soʻmni tashkil qildi va holat yuzasidan hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.