Qiymati 367 000 000 soʻmlik uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

    Fargʻona viloyatida yirik miqdordagi smartfonlar kontrabandasiga chek qoʻyildi, deya xabar qildi Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi Fargʻona tumani hududida joylashgan yashash xonadoni oldiga kelib toʻxtagan vaqtida belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

    Natijada mazkur shaxsga tegishli avtotransport vositasi salonida va xonadonida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 367 mln soʻmlik 2 turdagi jami 270 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.