Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Fargʻona-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida toʻxtatilib koʻzdan kechirildi.
Avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln soʻmlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.