Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistondan qushni davlatga oʻtish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan, fuqaroning qoʻl yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tekshiruvlarda fuqaroga tegishli boʻlgan qul yuklarida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, qiymati 187 mln soʻmlik ogʻirligi 804 gr. tilla va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 7 oy davomida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 22 ta huquqbuzarlik holatlarda 56.3 kg zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi, — deyiladi xabarda.