баннер
5 Yan 2025
04:38
  • 13291.01 so'm
  • 115.31 so'm
  • 12915.18 so'm

Qiyoslash laboratoriyasi — SSVning metrologiya xizmati etib qayta tashkil qilindi

Hujjatga muvofiq, Metrologiya xizmati tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalarini qiyoslash, sohada qoʻllaniladigan sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda “Tibbiy asbob-uskuna va jihozlarning hisobi va nazorati” axborot tizimida hisobini yuritish vazifalarini amalga oshiradi.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-oktyabrdagi tegishli buyrugʻi bilan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tibbiy maqsadlarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli ishchi organ etib belgilandi va uning tarkibidagi Qiyoslash laboratoriyasi — Vazirlikning metrologiya xizmati etib qayta tashkil qilindi.

Telegram kanalimiz
Text to speech