Qoʻmita axborot xizmati xabar berishicha, holat oʻrganilganda, haqiqatan ham bayon etilgan manzilda istiqomat qiluvchi fuqaro U.Abdullayev tomonidan mazkur yirtqich qush tegishli ruxsatnomalarsiz hamda sharoitsiz saqlanayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi, yirtqich qush Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi.