Falastin Qizil yarim oy jamiyati X ijtimoiy tarmog'i orqali xabar berishicha, G'azo sektori janubidagi Xon-Yunis shahrida joylashgan qarorgohining yuqori qavatlari artilleriyadan o'qqa tutilgan va ichkarida o'tirgan bir necha kishi yaralangan, deb xabar beradi ria.ru.
“Xon-Yunisdagi Falastin Qizil yarim oy jamiyati shtab-kvartirasining yuqori qavatlari artilleriyadan o'qqa tutildi, bu binodan minglab ko'chirilgan odamlar boshpana sifatida foydalanilayotgani sababli bir necha kishi jarohat oldi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.