“Tavois” qishlogʻida istiqomat qilayotgan F. Qalandarov “GRAND KONDITER TRANS SERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari. Tadbirkor mahallasi hududida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi, savdo majmuasi va konditer sexida 50 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminladi. U yangi bir sohani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Qiziltepa tumani Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Tadbirkor fikricha, avvallari mavjud boʻlgan sarsongarchiliklar va byurokratiya bartaraf etilgani tadbirkorlarning vaqtini yugur-yugurlarga emas, biznesini rivojlantirishga xizmat qilyapti.

Maʼlumot uchun, Qiziltepa tumani Davlat xizmatlari markazi orqali 2 380 ta yuridik korxona, 3 115 nafar tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Joriy yilning oʻzida 326 ta oilaviy korxona hamda 291 nafar yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga guvohnomalar taqdim etildi.