Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziltepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.T.” MCHJ masʼul shaxslari hududdagi ichimlik suvi quvurlarini taʼmirlash jarayonida, “Navoiy suv taʼminoti” MCHJ balansidagi 1190,6 metr polietilen quvurlarni hech qanday hujjatlarsiz, oʻzboshimchalik bilan kovlab olganliklari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 196,5 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.