Bojxona xodimlari, giyohvandlik vositalarini pochta joʻnatmalari orqali respublikamiz hududiga olib kirishga urinish holatlariga oʻz vaqtida chek qoʻyishmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari va “Bosh-pochtamt” TIF bojxona posti xodimlari hamkorlikda xorijdan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro V.D. nomiga kelgan qogʻoz konvertdan iborat pochta joʻnatmasi shubha ostiga olindi.

Mazkur joʻnatma belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida,bir dona paketga solingan 15 dona tabletkalar borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, mazkur tabletkalarning tarkibida 2,85 gramm “metilfenidat” nomli giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.