Unda tegishli vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 200 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar iqtisodiyotlarning ustuvor tarmoqlarida ikki tomonlama sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini taʼkidladilar.
Forum doirasida vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlarining ikki mamlakat iqtisodiyotlarining ustuvor yoʻnalishlaridagi istiqbolli loyihalar taqdimotlari oʻtkazildi.
Shu tariqa, ishtirokchilar Oʻzbekistonda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan sohalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan har tomonlama tanishish, hamkorlikning umumiy manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda roʻyobga chiqarish maqsadida aniq loyihaviy takliflarni koʻrib chiqish imkoniga ega boʻldilar.
Aniq yoʻnalish va loyihalar boʻyicha hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama etish maqsadida G2B va B2B uchrashuvlari ham oʻtkazildi.
Biznes-forum yakunlari boʻyicha kimyo, energetika, togʻ-kon sanoati, toʻqimachilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, sanoat zonalarini rivojlantirish, infratuzilmani rivojlantirish, qurilish va farmatsevtika kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.