Qoidabuzarliklar uchun 5 ta bankka jarima sanksiyasi qoʻllanildi

    Markaziy bankning xabar berishicha, qoidabuzarliklar uchun 5 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

    Shuningdek, “Ishonch plyus hamkor mikromoliya tashkiloti” MCHJning taʼsischilari tomonidan tashkilotni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani munosabati bilan ushbu mikromoliya tashkiloti davlat reyestridan chiqarildi.

    Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida oʻtkazilgan oʻrganish natijalari ham muhokama qilindi.

    Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlarga va qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 3 ta bank chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

    Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 5 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.