Garchi butun dunyoda hamon pandemik vaziyat hukm surayotgan boʻlsa-da, “sharq gavhari” Toshkent mezbonlik qilgan musobaqaga jahonda qiziqish juda yuqori boʻldi. Faqat, yana oʻsha pandemik vaziyat, bir qator davlatlarda chegaralar yopilganligi boshqa sabablar tufayli juda koʻplab davlatlar yurtimizga oʻz sportchilarini yubora olishmadi.
Shunga qaramay oltinchi bor oʻtkazilgan Jahon chempionatida dunyoning 31ta mamlakatidan umumiy hisobda 300 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Toshkentga Xalqaro qoʻl jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov, Hakamlar hayʼati raisi Igor Kuftin, shuningdek 9ta davlatning qoʻl jangi federatsiyalari prezidentlari hamda vitse-prezidentlari kelishganligi ham musobaqa nufuzi yuqori boʻlganligini koʻrsatib turibdi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi 1997-yilda tashkil etilgan boʻlib, 2006-yildan Xalqaro qoʻl jangi federatsiyasi aʼzosi sanaladi.
2020-yil sentyabr oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasining raisi sifatida Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-mayor R.Djurayev ishlab kelmoqda.
Qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 8ta oltin, 11tadan kumush va bronza, jami 30ta medalni qoʻlga kiritishdi. Mazkur natija vakillarimizga umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni taqdim etdi. Shu kungacha oʻtkazilgan barcha Jahon chempionatlarida Rossiya terma jamoasi 1-oʻrinni egallab kelayotgan edi. Demak, Toshkentda anʼana buzildi: Yangi Oʻzbekiston yoshlarining yangi gʻalabalari barchamizga muborak boʻlsin!
Qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionatida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz roʻyxati:
Oltin medal sohiblari:
O.Normurodov (-70 kg), M.Quvondiqova (-55 kg), G.Normatova (-50 kg), Gʻ.Jamoliddinov (-60 kg), S.Jaloliddinova (-60 kg), S.Kim (-70 kg), U.Nizomiddinov (-85 kg), J.Raxmonaliyev (-90 kg);
Kumush medal sohiblari:
J.Sobitov (-55 kg), J.Jumayev (-75 kg), N.Narziqulova (-46 kg), S.Rajabova (-55 kg), Sh.Tursunov (-60 kg), I.Ergashev (-65 kg), U.Jumanova (-65 kg), J.Solixonov (-80 kg), U.Abdullayev (-70 kg), F.Qosimov (-85 kg), R.Qoʻchqorova (+75 kg).
Bronza medali sohiblari:
B.Otajonov (-55 kg), M.Xotamov (-80 kg), S.Sattorqulov (-90 kg), I.Komilov (+90 kg), Sh.Zohidova (-46 kg), M.Omadova (-50 kg), Z.Suyumova (-60 kg), E.Shmikova (-75 kg), M.Esonova (-75 kg), N.Umarova (+75 kg), M.Esonova (mutlaq vaznda).