Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, shu yerda ijtimoiy reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan ayollar bilan uchrashuv ham tashkil etildi. Suhbat davomida koʻtarilgan masalalar boʻyicha masʼullar jalb etilib, ayollarga amaliy yordam va huquqiy-psixologik maslahatlar berildi.

— Bu markazlar faqat natijali ishlashi, ayollarimizning hayotida mavjud muammolariga yechim topishiga koʻmak berishi shart, — dedi Z. Mahkamova. — Buning uchun qoʻmitamiz barcha zarur yordamlarni berishga tayyor.

Hozir mazkur markazning oʻzida ayollar uchun koʻplab xizmatlar taklif etilyapti, psixolog, huquqshunos maslahatlari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, opa-singillarimiz tadbirkorlik, hunarmandlik, pazandalik va sartaroshlikka bepul oʻqitilmoqda.