Bundan koʻzlangan maqsad yirik savdo tarmoqlarida oziq-ovqat mahsulotlari (un, yogʻ, goʻsht, sut, shakar va boshqalar) mahalliy ishlab chiqaruvchilariga teng raqobat sharoitini yaratish hamda ular oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida oʻrganishlar oʻtkazmoqda.
Shu munosabat bilan qoʻmita yirik savdo tarmoqlarida mahsulotni yetkazib beruvchi yoki yetkazib berish taklifi rad etilgan, shu jumladan, quyidagi holatlarga duch kelgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ushbu oʻrganishlarda faol ishtirok etishga taklif etmoqda.
Xususan, yirik savdo tarmoqlari tomonidan:
– xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻla turib asossiz ravishda shartnoma tuzishni rad etish;
– yirik savdo tarmoqlari tomonidan yetkazib beruvchilarning tovarlariga narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish;
– boshqa yirik savdo tarmoqlari bilan shartnoma tuzmaslik shartini belgilash yoki ushbu shart bilan shartnoma tuzishga rozilik berish;
– yetkazib beruvchilarga shartnoma tuzishda asossiz talablar belgilash, shu jumladan tovarni sotib berganlik uchun mukofot puli (retro bonus) va/yoki uni savdo rastasining isteʼmolchilarga yaqqol koʻrinadigan joylarda joylashtirish uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlash shartini majburan qabul qildirish;
– tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan bir xil tovar uchun toʻlov muddatlarini har xil belgilash;
– mahsulotlar uchun toʻlovni amalga oshirish muddatlariga rioya etmaslik;
– mahalliy va import tovarlarga nisbatan teng boʻlmagan sharoitlar yaratilganligi va shu kabi boshqa holatlar bozorda teng raqobat taʼminlanishi bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa qoʻmitaning soʻrovnomalarida oʻz taklif va murojaatlari bilan qatnashib borishlari mumkin.
Qoʻmita tomonidan ishchi guruh tuzilgan va bu borada kompleks oʻrganishlar olib borilib, tadbirkor (mahalliy ishlab chiqaruvchilar)lardan taklif va shikoyatlarni qabul qilish tizimi faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, soʻrovnomada (https://raqobat.gov.uz/ishchi-guruh/) taklif va murojaatlarni qoʻmita veb-sayti hamda 1159 ishonch raqami orqali qoldirish imkoniyati mavjud.