Robotning uzunligi 2 santimetr va eni 1 santimetr bo'lib, u ikki qatlamdan iborat: magnit zarralari bo'lgan polimerdan yasalgan yumshoq ichki qatlam va alyuminiy po'stloqlari bir-birining ustiga yopishgan qattiq ustki qatlam.

Olimlar pangolinlarning bir-biriga bog'langan keratin qatlamlari yordamida silliq harakatlanishi va g'ujanak bo'la olishi mumkinligini payqashdi. Ular ushbu tabiiy materialni sun'iy qurilma uchun qayta yaratishga qaror qilishdi. Natijada robot talabga ko'ra harakatlanish, dumalab turish va isitish qobiliyatiga ham ega bo'ldi.

Olimlar robotni past chastotali magnit maydon yordamida boshqardi. Ularning so'zlariga ko'ra, pangolin roboti o'ralgan holda dorilarni bevosita tanadagi zararlangan hududga yetkaza oladi.

Yuqori chastotali magnit maydonga ta'sir qilganda, model Selsiy bo'yicha 70 darajadan ko'proq qizdirishga qodir. Bu haroratda ichki qon ketishini to'xtatish, o'sma to'qimasini olib tashlash va trombozni davolash mumkin.

Laboratoriya tajribalari shuni ko'rsatdiki, “pangolin” organizmda yumshoq to'qimalarga zarar bermasdan harakat qiladi. Bundan tashqari, qon ketish joyini yopish va uni isitish orqali qon oqimini to'xtatdi, deb xabar beradi mir24.tv.