Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Sog'liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan ishlarning natijalaridan biri hisoblanadi.

Sog'liqni saqlash jabhasiga mamlakatimiz hukumati tomonidan e'tibor tobora kuchayib borayotganini inobatga olgan holda Vazirlik yurtimiz fuqarolarining sog'ligini saqlash maqsadida tibbiyot muassassalarini eng ilg'or texnologiyalar hamda asbob-uskunalar bilan ta'minlashga yo'naltirilgan sa'y-harakatlar olib borishni davom ettirmoqda.