“Qoʻngʻirot-Toshkent” yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdi 44 yoshli fuqaroni bosib ketdi

    Holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Poyezd temiryo'l rel`sida odamni bosib ketdi” nomli xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Orolbo'yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va ular tomonidan rasmiy bayonot berildi.

    Aniqlanishicha, joriy yilning 24-mart kuni soat 16:00larda 053-sonli “Qo'ng'irot-Toshkent” yo'nalishidagi yo'lovchi poezdi “Ellikqala-To'rtko'l” bekatlari oralig'i 552-km. 5-to'sig'ida harakatlanib o'tayotgan vaqtida 44 yoshli fuqaro X.SH.ning ehtiyotsizligi natijasida poezd yo'liga chiqib qolgan va natijada poezd bosib ketganligi aniqlangan. Ayrim manbalarda keltirilishicha, poezd fuqaroning boshini uzib yuborgan.

    Olgan tan jarohatlari natijasida fuqaro X.SH. voqea joyida vafot etgan.

    Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolbo'yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borilmoqda.