Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimligining tashabbusi bilan tumandagi “Suenli” MFY hududidagi 5 gektar er maydoni yulg'un va yantoqlardan tozalanib, “Qashqadaryo bog'i” tashkil etildi. Ushbu xayrli ishlarga viloyat hokimi maslahatchisi Dolli Allayev tun-u kun xizmat olib bormoqda.
Bog'ni tashkil etish uchun jami 3 ming 200 tup barcha turdagi mevali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.
Ko'chat o'tqazish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.