Assambleyada dastlab Parlamentlararo ittifoq (PAI)ning 2020-yil moliyaviy hisoboti va ichki audit natijalari boʻyicha maʼlumot berildi. Shundan soʻng, PAIning istiqboldagi tadbirlari borasida hisobot eshitildi. Unga koʻra, joriy yilning noyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan PAIning 143-Assambleyasini 2022-yilga qoldirish, sentyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 5-Butunjahon parlamentlar spikerlari hamda ayol spikerlar konferensiyasi oʻtkaziladi.
Shuningdek, parlamentariylarning inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasining olib borgan faoliyati toʻgʻrisida hamda Yosh parlamentariylar forumining hisobotlari eshitildi.
PAIning Yevroosiyo guruhi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi Abdullo Aslonov PAIning Yosh parlamentariylar forumi aʼzoligiga qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Parlamentlararo Ittifoqning 142-Assambleyasi davom etmoqda.