Qonunchilik palatasi va Senat o'zini o'zi tarqatib yuborish vakolatiga ega bo'ladi

    Dolzarb 25 Sentabr 2023 2321

     Shuningdek, Senatorlar 100 nafardan 65 nafarga, Spikeri o'rinbosarlari 7 tadan 2 taga qisqartiriladi

    Parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonuni loyihasiga ko'ra, Qonunchilik palatasi va Senatga o'zini o'zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda.

    Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o'tkaziladi. Senatning yangi tarkibi esa 1 oy mobaynida shakllantiriladi.

    Qonun loyihasiga ko'ra, Senat a'zolari har bir ma'muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari Prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda ishlovchi senatorlar soni amaldagidek 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.

    ➖Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:

    ➖Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini ko'rib chiqish;

    ➖Prezidentning taqdimiga binoan Bosh vazir nomzodini ko'rib chiqish va ma'qullash;

    ➖Bosh vazir, Hukumat a'zolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma'ruzasini eshitish.

    Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilib, Spikerning o'rinbosarlari fraktsiya a'zosi bo'lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo'lish davrida siyosiy partiyadagi a'zolikni to'xtatib turishi belgilanmoqda.