Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.
Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtili beriladi. ( bundan qonunchilikda koʻproq muddatli taʼtil nazarda tutilgan hollar mustasno)
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.